Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida Sirg‘ali tumanida Ravshan Mirzayev yonida og‘irligi 27,65 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Sirg‘ali tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.