Joriy yil 4-iyun kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ular tufayli 2 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3008 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 775 tasini qo‘pol turdagi, 5 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etdi.
Toshkent shahar IIBB YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1124 ta huquqbuzarlik qayd etildi.
Bulardan 610 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 514 tasini esa belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.