Moskva viloyatida dovul qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Lyubersida tabiiy ofat chog‘ida jarohatlangan yana bir bola olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“2-iyun kuni mijoz bolalar tezkor jarrohligi va travmatologiyasi ilmiy-tadqiqot institutiga o‘tkazilgan edi. U 4-iyun kuni o‘sha yerda olamdan o‘tdi”, — ma’lum qildi Moskva viloyati sog‘liqni saqlash bo‘limi.
Bola juda og‘ir ahvolda bo‘lgani alohida ta’kidlanmoqda.
30-may kuni Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov dovul oqibatida mintaqada to‘rt yoshi katta inson va bir bola halok bo‘lganini bildirgan edi. Bundan tashqari, Moskva shahrida o‘n kishi halok bo‘lgan. Shu tariqa, dovul qurbonlarining umumiy soni 16 kishini tashkil qildi.
Izoh (0)