4-iyun kuni o‘tkazilgan One Love Manchester xayriya konserti davomida Manchester shahar kengashi va Qizil Xochning Britaniya bo‘limi terakt jabrlanuvchilari uchun 2,35 million funtov sterlingdan (3 million dollardan) ortiq mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shou oldidan Manchester Emergency Fund jamg‘armasiga 9 million dollar kelib tushgani ma’lum bo‘lgan edi. Shu tariqa, to‘plangan umumiy pul 12 million dollarni tashkil qildi.
To‘plangan mablag‘ 22-may kuni shaharda Ariana Grande konserti chog‘ida ro‘y bergan terakt jabrlanuvchilariga yordam berish uchun sarflanadi. Xonanda One Love Manchester shousining tashkilotchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, konsertda Farrell, Jastin Biber, Liam Gallaxer, Keti Perri, Mayli Sayrus, Robbi Uilyams, Coldplay, Black Eyed Peas, Take That va boshqa ijrochilar ishtirok etdi.
Konsert 50 ming kishini to‘pladi. Chipta narxi 69 dollarni tashkil qildi. Barcha chiptalar olti daqiqa ichida sotib olindi.
Izoh (0)