O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Germaniyada operatsiya qilindi. Bu haqda “Championat.asia” nashri “temiryo‘lchilar” shifokori Nikita Karlitskiyning so‘zlariga tayanib ma’lumot berdi.
Shifokorning ma’lum qilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va Vitaliy tiklanish jarayonini boshlagan.
O‘zimni yaxshi his qilyapman, ammo belimda hamon og‘riq bor. Operatsiya 3,5 soat davom etdi va barchasi yaxshi o‘tdi. Doktorning aytishicha, 2 haftadan so‘ng zal va basseynda mashg‘ulotlarni boshlashim mumkin. Futbolga avvalgisidan kuchliroq bo‘lib qaytaman!Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasining Suriya va Qatarga qarshi uchrashuvlarini ham qo‘yib yuborgan bo‘lib, ulardan birida Samvel Babayan shogirdlari imkoniyatni boy bergandi. Endi Denisov 12-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi uchrashuvda ham ishtirok eta olmaydi. Uning qatorida Islom To‘xtaxo‘jayev ham jamoasiga yordam bermaydi.Vitaliy Denisov, “Lokomotiv” a’zosi
Izoh (0)