Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyevda Joxar Dudayev nomidagi batalyon qo‘mondoni — Adam Osmayevga suiqasd uyushtirildi. Ushbu batalyon Donbassda Ukraina hukumat kuchlari tomonida turib jang  qilgan. Rossiyada Osmayev Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishda ayblangan, deb xabar berdi Meduza.

Foto: “KP.ua”

Foto: “KP.ua”

Ukraina IIVning xabariga ko‘ra, suiqasd 1-iyun kuni Kirillov ko‘chasida amalga oshirilgan. Hujum qilgan shaxs o‘zini chet el jurnalisti deya tanishtirib Osmayev va uning rafiqasi Amina Okuyeva (u ham Donbassda separatistlarga qarshi jang qilgan) bilan uchrashuv belgilagan. Uchrashuvda jinoyatchi Osmayevga to‘rtta o‘q uzgan. Okuyeva javob o‘qini otib hujum qilgan shaxsga og‘ir jarohat yetkazgan.

Jinoyatchining yonidan Ukraina fuqarosi Aleksandr Dakar nomiga pasport topilgan. U o‘zini Osmayev va Okuyevaga Le Monde gazetasining fransiyalik jurnalisti Aleks Verner deya tanishtirgan.

Ukraina Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Zoryan Shkiryakni ma’lum qilishicha, Osmayevga uyushtirilgan suiqasdni Rossiya maxsus xizmati tashkillashtirgan. “Albatta tergov ushbu hodisaning barcha taxminlarini ko‘rib chiqmoqda, biroq Rossiyaning aloqasi aniq-tiniq ko‘rinib turibdi”, — dedi Shkiryak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...