Tailandning Nong Bualampxu provinsiyasida yuk mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yib, yo‘l bo‘yidagi restoranga borib urildi. Bu haqda “RIA Novosti” nashriga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yuk mashinasi restoran stollariga borib urilgunga qadar avtoturargohdagi beshta avtomobil va ikkita mototsiklga ham shikast yetkazgan. Voqea joyida bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz nafar jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan. Ular orasidan bir nafar erkak va yosh ayolning joni shifoxonada uzilgan.
Tergov hozircha noxush hodisaning aniq sababini aniqlaganicha yo‘q. Yuk mashina haydovchisining qonidan alkogol yoki narkotik modda qoldiqlari aniqlanmagan.
Izoh (0)