Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Trampning iqlim bo‘yicha Parij shartnomasidan chiqish qarori oqibatida 2100-yilga kelib sayyorada o‘rtacha harorat 0,3 darajaga oshishi mumkin. Bu haqda Jenevada o‘tkazilgan brifing chog‘ida Butunjahon meteorologiya tashkiloti atmosfera va atrof muhit tadqiqotlari departamenti direktori Deon Terblansh bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Foto: BMT

Foto: BMT

“Eng yomon ssenariy ro‘yobga chiqsa, haroratning qo‘shimcha o‘sishi Selsiy bo‘yicha 0,3 darajani tashkil qiladi”, — dedi Terblansh.

“Bu — eng yomon ssenariy, va u buyuk ehtimol bilan ro‘yobga chiqmaydi”, — qayd qilib o‘tdi ekspert.

Terblansh, shuningdek, tashkilot xodimlari shaxsiy planda Trampning qaroridan tashvishdaligini, ammo, umuman olganda, tashkilot jiddiy xavotirda emasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi