Avstraliyaning Melburn shahri aeroportidan uchib chiqqan Malaysia Airlines aviakompaniyasi laynerini portlatish bilan tahdid qilgan erkak samolyot bortida xavf tug‘dirishda ayblandi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shuningdek, u yolg‘on axborot berishda ayblanmoqda. Har bir ayblov bo‘yicha unga o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.
Ilgariroq xabar qilinganidek, Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 layneri Melburn – Kuala-Lumpur reysini amalga oshirayotgan paytda parvoz boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib qaytishga majbur bo‘ldi. Yo‘lovchilardan biri uchuvchilar kabinasiga kirishga uringani bunga sabab bo‘ldi. Yo‘lovchi bomba haqida ogohlantirgan, shuningdek, qo‘lida elektron uskuna borligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)