Kobul markazida 31-may kuni sodir bo‘lgan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni yuz kishidan oshdi. Bu haqda, Tolo News agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yaradorlar soni 600 kishiga yetdi.
Oxirgi marta Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi 90 kishi halok bo‘lganini va 380 kishi yaralanganini tasdiqlagan edi.
Portlash Germaniya elchixonasi yaqinida ro‘y bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil portlatilgan.
Izoh (0)