• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    GM Uzbekistan avtomobillarining so‘mda sotilishi “qora bozor”da dollar kursi o‘sishini to‘xtatib qola oladimi?

    Mavzuga doir: So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar. GM Uzbekistan narxlarni 25—30 foizga oshirdi. Narxlar yana oshishi mumkin

    GM Uzbekistan 1-iyundan o‘zi ishlab chiqarayotgan barcha yengil avtomobillarni faqat so‘mda sotishni boshladi. Tegishli qaror 26-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. Hujjatda qayd etilishicha, mazkur taklif Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zavtosanoat”dan chiqqan. UZ24 nashri mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupov bilan mazkur qarorning mamlakat iqtisodiyotiga va valyutaning “qora bozori”da dollar kursi o‘zgarishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi haqida suhbatlashdi.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    — GM Uzbekistan avtomobillari sotuvini so‘mga o‘tkazish qarori mamlakat iqtisodiyotiga umuman qanday ta’sir ko‘rsatadi?— Yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Biz nima uchundir iqtisodiyotni inson manfaatlaridan alohida bir narsa, unga erishish yo‘lida qurbonliklar berish lozim bo‘lgan substansiya sifatida ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Aslida esa hammasi mutlaqo teskari bo‘lishi kerak. Odamlar iqtisodiyot yo‘lida nimanidir qurbon qilishi kerak emas, iqtisodiyotning asl mohiyati odamlar hayotini yaxshilashdir. Shunday ekan, aholining u yoki bu tovarni olish imkoniyatlari soddalashtirilayotgan ekan, bu iqtisodiyotdagi vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarayotganidan darak.

    Mamlakatimiz avtomobil bozorida yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning asl vazifalarini noto‘g‘ri tushunishning eng yaxshi manzarasidir. Fuqarolar o‘zi tug‘ilib-yashab turgan mamlakatda u yoki bu mahsulotni xorijiy valyuta evaziga sotib olishga majburligi — turgan-bitgan mantiqsizlik-ku. Agar bu mahsulot shu mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilsa va bu mamlakatda milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi yo‘q bo‘lsa — u holda uch karra mantiqsizlik.

    Kim va nima uchun buni o‘ylab topgan? Aqlga sig‘maydigan holat. Na banklar, na ayirboshlash shoxobchalaridan valyuta olishga imkon bo‘lmasa, mamlakat aholisi avtomobil sotib olish uchun valyutani qayerdan olishi kerak?

    Shu sababli ham, mahalliy (xorijiylarini ham) avtomobillarni milliy valyutaga sotib olish — bu istalgan iqtisodiyot uchun normal, odatiy hol. Yaxshi tomoni — va nihoyat biz ham shungacha yetib keldik. Biroq avtomobillarni milliy valyutaga sotish tarmoqdagi barcha muammolarni hal qila olmaydi. Eng asosiy muammo — g‘irt sun’iy yo‘l bilan, import avtolarga nisbatan katta bojxona to‘lovlarini joriy etish orqali yaratilgan to‘liq monopoliyadir. Mahalliy xaridor o‘zining ustun mavqesidan foydalanib narxlar va savdo shartlarini o‘zi xohlaganicha o‘rnatishi mumkin bo‘lgan monopolistning o‘zboshimchaliklaridan mutlaqo himoyalanmagan. Agar iqtisodiyotni odamlar hayotini yaxshilashga yo‘naltirilgan faoliyat sohasi deb oladigan bo‘lsak, bu umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir.

    Afsuski, biz mana shunday g‘ayritabiiy yondoshuvga o‘rganib bo‘lganmiz va biz yana u yoki bu narsani qurbon qilishni taklif qilishlarini kutib turamiz. GM Uzbekistan avtomobillarining narxlarining oshishi haqidagi so‘nggi xabarlar ham aynan shunday holatlardan yana biridir.

    — Bu qaror valyutaning “qora bozori”da so‘mning qulashi va dollar kursining oshishini to‘xtatib qola oladimi?— Avtomobillarning so‘mga sotilishi “qora bozor”da dollar kursi oshishini to‘xtatib qola oladimi? Dargumon. Lekin bu dollar kursining oshishini cheklovchi omil ekani aniq ravshan. Nima uchun? Chunki xaridorlar avtomobillar uchun so‘mlarni ko‘tarib kelishdan avval shu so‘mlarni qayerdandir topishlari lozim. Bunday so‘mlarning manbalaridan biri esa aholi va biznesning to‘plab qo‘ygan dollarli jamg‘armalaridir, ularni so‘mga aylantirishga to‘g‘ri keladi. O‘z-o‘zidan, valyuta bozorda dollar ko‘payadi va uning qiymati pasayadi yoki kutilganidan sekinroq o‘sadi. Bu bozor, talab va taklifning oddiy qonunlari.

    Boz ustiga, agar birdan juda ko‘plab avtomobillar sotuvga chiqarilsa, bunday lahzalarda dollar kursi vaqtincha pasayishi ham mumkin. Bunga ham tayyor turing.

    Dollar kursining oshishi, ya’ni, so‘m kursining pasayishi bilan bog‘liq umumiy tendensiya bir qadar fundamental sabablarga bog‘liq bo‘lib, ularni bartaraf etmay turib, so‘mning qadrsizlanishini to‘xtatib bo‘lmaydi.

    Asosiy sabab — yuqori darajadagi inflyatsiya, ya’ni, tovar va xizmatlarning so‘mdagi narxlarining o‘sishi. Aynan inflyatsiya sababli mamlakat ichkarisida milliy valyuta qadrsizlanmoqda — biz o‘sha eski narxga borgan sari kamroq va yanada kamroq mahsulotlarni sotib olishimiz mumkin bo‘lmoqda, xolos. Natijada so‘m boshqa valyutalarga nisbatan ham qadrsizlanmoqda, buni valyuta almashtirish kurslarini kuzatib, anglash mumkin.

    Boshqa bir asosiy sabab — tashqi savdo sharoitlarining yomonlashuvidir. Agar jahon bozorlarida bizning eksport tovarlarimiz narxi tushsa, mamlakatga xorijiy valyuta kirib kelishi sur’atlari ham pasayadi. Oqibatda xorijiy valyuta qiymati oshadi. Hozir eksport qilinadigan ko‘plab xomashyo tovarlarimizning jahon bozoridagi narxlari unchalik yuqori emas. Shu sababli ham milliy valyuta kursi eksportdan kelayotgan valyuta tushumlari bilan qo‘llab-quvvatlanmayapti.

    Va so‘nggi, uchinchi fundamental sabab — O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori va ishchi kuchlarimiz importchisi hisoblangan Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz. Bugungi kunda mehnat muhojirlari 2014-yilgi rublning keskin qadrsizlanishigacha bo‘lgan davrdagiga nisbatan kamroq valyuta jo‘natmoqda, ya’ni, so‘m kursini qo‘llab turishda hozir ulardan umid qilish o‘rinsiz.

    — Agar avtozavodga Markaziy bank kursi bo‘yicha konvertatsiya ochib berilmasa, mazkur choralar nechog‘li samarali bo‘ladi? Bu holda GM Uzbekistan valyutani qayerdan oladi?— Shuni yodda tutish lozimki, GM Uzbekistan valyutani avtomobillarni eksport qilish orqali ishlab topadi. Bu valyuta tushumi import xaridlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yetarlimi yoki yo‘q — buni bilmayman. Agar mabodo yetmasa, qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, bu ham yaxshi. Chunki valyuta bozorini liberallashtirish va joriy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutaning erkin konvertatsiyasini joriy etish lozimligi haqida bir necha yildan beri salkam jar solib kelayotgan boshqa tarmoqlarning ishlab chiqaruvchilari qatoriga va nihoyat avtosanoat ham qo‘shiladi. Balki shundan keyin bu qichqiriq hukumat va Markaziy bankkacha yetib borar hamda biz iqtisodiyotimiz uchun hayotiy zarur islohotni va nihoyat amalga oshirarmiz?

    01.06.2017, 15:23   Izoh (0)   147215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda eng ko‘p o‘lim keltirib chiqaradigan avtomobillar reytingi tuzildi. Chevrolet Spark 4-o‘rinni egalladi (fotogalereya)

    01.06.2017, 11:32

    Bugun 1-iyun. Toshkentdagi avtosalonlar avtomobillar narxi borasidagi qo‘ng‘iroqlarga javob berganicha yo‘q

    01.06.2017, 10:13

    Mercedes-Benz Frankfurtdagi avtoshouda yangi elektromobilni taqdim etadi

    30.05.2017, 20:27

    Fotogalereya: Noodatiy yo‘l-transport hodisalari

    30.05.2017, 16:30

    Fotogalereya: Arzon, biroq ajoyib avtomobillar o‘nligi

    30.05.2017, 14:40

    Amerikalik haydovchi yangi yotqizilgan betondan yurgani uchun 10 ming dollar to‘laydi

    30.05.2017, 10:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolaga zarar yetkazmasin: maktab sumkasini qanday tanlash kerak?

    Maslahatlar | 11 avgust, 19:55

    Qoraqalpog‘istonda fuqaro harakatdagi mashina ustida raqsga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 19:40

    Tramp Obama va Bushlarning portretlarini Oq uyning yopiq qismiga ko‘chirdi

    Dunyo | 11 avgust, 19:28

    O‘zbekistondagi barcha korxona va tashkilotlar soni maʼlum qilindi

    Iqtisodiyot | 11 avgust, 19:15

    Rodrigo “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin — Romano

    Sport | 11 avgust, 19:09

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 11 avgust, 18:00

    Angliyada shifokorlar 14 yoshli qizning oshqozonidan “qovun hajmidagi” soch to‘plamini olib tashladi

    Dunyo | 11 avgust, 19:00

    Koreyalik olimlar qarish kasallik ekanini aniqladi va uni sekinlashtirish mumkinligini aytmoqda

    Salomatlik | 11 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.