Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev afg‘onistonlik hamkasbi Muhammad Ashraf G‘aniga Kobul shahri markazida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh kishilarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: Flag Shop

Foto: Flag Shop
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti

Muhammad Ashraf G‘ani

Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri markazida sodir etilgan mudhish va g‘ayriinsoniy terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh kishilarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.

Ushbu musibatli damlarda Sizga va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Qayg‘u ila,

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Kobul markazidagi kuchli portlash oqibatida 60 ga yaqin jabrlandi. Portlash Germaniya elchixonasi yaqinida ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil portlatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Olmos gigantining merosxo‘ri, Adidas aksiyadori: Forbes Afrikaning eng boy odamlarini e’lon qildi
Sport
Angliya Kubogining nimchorak finaliga qur’a tashlandi. “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”ning raqiblari ma’lum
Dunyo
Avstraliyada kichkina radioaktiv kapsula yo‘qolib qoldi. Uni 1300 km uzunlikdagi magistral yo‘ldan qidirishmoqda