Manchesterdagi Old Trafford stadionida 4-iyun kuni xayriya konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.
Undan tushgan mablag‘ 22-may kuni Ariana Grandening konsertida ro‘y bergan terakt qurbonlari oilasiga yordam uchun ajratiladi.
Konsertda Ariana Grandening o‘zi, Jastin Biber, Coldplay, Mayli Sayrus, Farrell Uilyams va boshqa ijrochilar ishtirok etdi.
Terakt sodir bo‘lgan kuni konsertda bo‘lganlar shouga bepul tushishi mumkinligi bildirildi.
Izoh (0)