Shri-Lankada kuchli yog‘ingarchilik sabab yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 202 nafargacha ko‘paydi, 96 kishi bedarak yo‘qolgan, deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shri-Lanka favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat boshlanganidan beri 77 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan, 1,5 mingdan ziyod bino vayron bo‘lgan.
Shri-Lanka qurolli kuchlari Hindiston harbiy-dengiz kuchlari ko‘magida qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. BMT, Avstraliya, Yaponiya va Pokiston mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatdi, Xitoy, Rossiya va AQSh esa yordamga tayyorligini bildirgan.
Izoh (0)