Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan barcha jamoa nomi aniq bo‘ldi.
30-may kungi o‘yinlardan so‘ng Toshkentning “Paxtakor” klubi “Nasaf”ga qarshi hech narsa qila olmay, musobaqa bilan xayrlashgandi. 31-may kuni esa poytaxtning ikki grandi navbatdagi bosqich chiptasini qo‘lga kiritdi.
G‘uzordan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” klubi, o‘z maydonida yirik — 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Bu “qaldirg‘ochlar”ning mavsum boshidan buyon erishgan eng yirik natijasi bo‘ldi.
1/8 finalning eng qiziqarli o‘yini Olmaliq shahrida kechib, Samarqandning “Dinamo” klubi navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. “Olmaliq” o‘ziga kerakli natijani qayd etib turgandi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Vodiy derbisida “Neftchi” safarda urilgan gol evaziga “Navbahor” dovonidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgandi. Uch kun oldin Farg‘ona klubida rahbariyat almashib, jamoa vitse-prezidenti etib Tohir Kapadze tayinlangandi.
O‘zbekiston kubogi 1/8 final. Javob o‘yinlari 31-may, chorshanba
Izoh (0)