Click kompaniyasi Telegram messenjeri orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti ma’lum qildi.
“Click kompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga Telegram ilovasida to‘lovlarni amalga oshirish imkoni joriy qilinganini mamnuniyat bilan xabar beradi!”, — deyiladi xabarnomada.
@clickuzbot boti yordamida mobil aloqa, internet, televideniye va telefoniya xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirish mumkin. Lekin ushbu xizmatlar ro‘yxati doimiy ravishda kengaytirib boriladi.
Xavfsizlik masalasi ham chetlab o‘tilmadi. Bot bilan muloqot jarayonlarida karta ma’lumotlarining xavfsizlik standartlarining talablari bajarilib kelinmoqda.
Izoh (0)