Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pxenyan Pekinga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan navbatdagi ballistik raketa uchirilishiga shunday munosabat bildirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Shimoliy Koreya yana bir ballistik raketa uchirib, o‘zining qo‘shnisi — Xitoyga katta hurmatsizlikni namoyish etdi”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Pekinning Pxenyan bilan muloqot imkoniyatini ta’minlash haqidagi va’dasini nazarda tutib, “Xitoy astoydil tirishayayotgani”ni ham qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi Pekin Pxenyanga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish uchun Vashingtondan 100 kunlik muddat so‘raganligi haqidagi xabarni rad etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan