Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya harbiylari KXDR raketa uchirdi, degan fikrda. Bu haqda “Ryonxap” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDRda raketa uchirilishi munosabati bilan Xavfsizlik kengashini chaqirish haqida farmoyish berdi.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi noma’lum turdagi raketa Vonsan shahri hududidagi KXDR qirg‘oqlaridan uchirilganini ma’lum qildi.

Manbalar agentlikka raketa sharqiy yo‘nalishda parvoz qilganini aytdi.

Tokio raketa Yaponiya iqtisodiy zonasiga kelib tushganini ma’lum qildi.

Harbiylar ta’kidlashicha, raketa dengizga qulashidan avval taxminan 450 km masofani bosib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi