Turkiyaning hukumatga sadoqatli Yeni Akit gazetasi bosh muharriri Qodir Demirel Istanbulda pichoqlab ketildi. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda.
Aytilishicha, Demirel, uning qizi Esma va kuyovi Jamil Yovuz Qaranfil o‘rtasida oilaviy janjal boshlanib, mushtlashuv va pichoqbozlikka aylanib ketgan.
Natijada Qaranfil xotini va qaynotasini pichoqlab qo‘ygan. Demirel olingan yaralar oqibatida vafot etgan, qizi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Operatsiyadan so‘ng uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Qotil voqea joyidan qochib ketgan, politsiya uni qidirmoqda.
Izoh (0)