Joriy yilning fevral oyidan (IShIDga qarshi operatsiya boshlanganidan) buyon Mosulni 600 ming kishi tark etdi. Bu haqda Jenevada tashkil etilgan brifingda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili Yens Larke bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Harbiy operatsiya eski shahar hududida davom etayotgani tufayli hukumat fuqarolardan IShID nazorati ostidagi hududlardan chiqishni so‘radi”, — dedi Larke.
“Ko‘plar bu ishni qila oldi. O‘ylashimizcha, tumanda yana 180 ming kishi qolmoqda”, — qo‘shimcha qildi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)