AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya vakillari bilan aloqadorlikda ayblangan katta maslahatchisi va kuyovi Jared Kushnerga to‘liq ishonadi. Amerika yetakchisining mazkur bayonoti 28-may, yakshanba kuni The New York Times gazetasi tomonidan tarqatildi.
“Jared mamlakat uchun ajoyib ishlar qilmoqda. Men unga to‘liq ishonaman. Uni hamma hurmat qiladi va u mamlakatimiz uchun milliardlab dollar tejovchi dasturlar ustida ishlamoqda”, — deyiladi Tramp bayonotida.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisi Kushner “juda yaxshi odam” ekanligini ta’kidlaydi.
26-may kuni The Washington Post gazetasi razvedka hisoboti Kushner va Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Sergey Kislyak Trampning o‘tish jamoasi va Kreml o‘rtasida “maxfiy va xavfsiz aloqa kanali”ni yaratish ehtimolini muhokama qilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)