Suriya armiyasi jangchilari ko‘ngillilar ko‘magida Aleppodan 100 kilometr sharqdagi Meskena shahrida joylashgan IShID forpostini to‘la qamal ostiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Armiya vakilining so‘zlariga qaraganda, bu yerda 17 qishloq va ferma terrorchilar qo‘lidan tortib olingan.
“O‘tkazilgan operatsiya chog‘ida qo‘shinlar IShID to‘dalariga og‘ir talafot yetkazdi, ularning saflarida 2 mingdan ortiq odam o‘ldirildi va yaralandi”, — ta’kidladi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)