Gruziya Shimoliy alyans a’zosi bo‘lishga qat’iy qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili NATO Parlament Assambleyasi sessiyasi majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U Gruziya va NATOning faol hamkorligi oxirgi yillarda yuqori darajaga erishganligini ta’kidladi. “Gruziya NATOga a’zo bo‘lishga qat’iy qaror qildi. Biz alyansga integratsiya jarayonini faol davom ettiramiz, shu yo‘nalishdagi islohotlarni davom ettiramiz”, — deya ta’kidladi vazir.
Rais Paolo Alli NATO Parlament Assambleyasi Gruziyaning Shimoliy alyansga a’zo bo‘lish qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Parlament Assambleyasi raisi oxirgi 15 yil davomida NATO assambleyasi Gruziyaning Shimoliy Atlantikaga oid tanlovi va uning yevrointegratsiyaga bo‘lgan yo‘lini doim qo‘llab-quvvatlaganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)