Toshkentning “Anhor” bog‘ida yangi rangli va musiqiy favvora ochildi. Facebook foydalanuvchilaridan biri bog‘da bo‘lib, ushbu favvoradan olgan taassurotlari haqida yozdi va matnga suratlarni ilova qildi.
“Bu yerda shunday zo‘r favvora ochilibdi, lekin hamma jim. ‘Anhor’ning o‘zida. Odam juda kam. Shanba va yakshanba kunlari boshlanishi soat 21:15 da, qolgan kunlarni bilmayman”, — deb yozdi u.
Izoh (0)