Chilida 26-may, juma kuni mamlakat prezidenti Mishel Bachelet tomonidan dunyodagi eng yirik teleskop qurilishiga start berildi, deb yozadi “TASS”.
Ekzosayyoralarni tadqiq etish uchun mo‘ljallangan qurilma “Yevropa ekstremal katta teleskopi” (European Extremely Large Telescope, EELT) nomini oldi. Qurilma Chilining Atakama cho‘lida 2024-yilgacha barpo etiladi.
Qiymati 1 milliard yevroni tashkil etuvchi qurilma beshta segmentli oyna bilan jihozlanadi. Ulardan eng yirigining diametri 39 metrni tashkil etadi, u 800 ga yaqin diametri 1,4 metrlik oltiburchakli oynadan tashkil topadi.
Konstruksiyaning umumiy og‘irligi besh ming tonna bo‘lib, undan uch ming tonnasi qurilmaning harakatlanadigan qismiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)