“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov uning elektron pochtasini maxsus xizmatlar buzib kirishga uringani haqidagi Google axborotini e’lon qildi.
“Davlatga aloqador xakerlar sizning parolingizni o‘g‘irlashga uringan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Pavel Durov tomonidan Twitter’da e’lon qilingan Google xabarnomasida.
“Men hech qachon muhim ishlar uchun Gmail’dan foydalanmayman, biroq nima uchundir yuz bergan hodisadan hayron bo‘layotganim yo‘q”, — deya hodisaga munosabat bildirdi Telegram asoschisi.
Google says government-backed attackers may be trying to hack me. I never use Gmail for important stuff, but somehow I am not surprised. pic.twitter.com/EdAgHisHxF
— Pavel Durov (@durov) May 27, 2017
Izoh (0)