Toshkent islom universitetida islom sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha maxsus kafedra ISESCO (Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti) ochiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
OTM ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 22—25-may kunlari Toshkent islom universitetining ISESCO’ning Maroqand Rabotidagi Bosh boshqarmasiga tashrifi amalga oshirildi. ISESCO va Toshkent islom universiteti o‘rtasida islom sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha kafedrani tashkil etishda hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi. Kafedraning tarkibiy tuzilishi, o‘quv fan sohalari va ilmiy faoliyati vazifalari belgilab olindi.
ISESCO kafedrasini tashkil etishdan maqsad musulmon dunyosining ta’lim, fan va madaniyati tarixi va hozirgi holatini o‘rganishdan iborat.
Izoh (0)