O‘zbekiston Prezidentining 11-maydagi farmoni bilan tashkil etilgan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga rahbar tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga ishonchli manbalar ma’lum qildi.
Nizomiddin Bakirov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimini egalladi.
Bungacha u Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh (0)