Bangladesh hukumati mamlakat oliy sudi binosi oldida o‘rnatilgan adolat ma’budasi — Femidaning haykalini olib tashladi. “RIA Novosti”ning AFP’ga asoslanib bildirishicha, diniy konservatorlar haykalni musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi deb topib, uni Qur’onning tasviri bilan almashtirishni talab qilgan.
Haykalning olib tashlanishiga norozilik namoyishlari va tartibsizlik sabab bo‘ldi. Konservatorlar norozilik aksiyalari uyushtirib, o‘z talablarini bildirganidan so‘ng sud haykalni olib tashlash haqida qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Haykal olib tashlanganidan so‘ng sud binosi oldida yana namoyishlar uyushtirildi. Politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun rezinali o‘qlardan, ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan va suv to‘plaridan foydalandi. Bu namoyishni haykalning tarafdorlari, asosan talabalar uyushtirgan edi.
Izoh (0)