Suriya osmonida Rossiya qiruvchisi AQSh yoqilg‘i quyuvchi samolyotini ushlab qoldi. Rossiyaliklarning bu harakati Pentagon tomonidan noprofessional deb baholandi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlarining Yaqin Sharq va Janubi-G‘arbiy Osiyodagi qo‘mondoni general-leytenant Jeffri Xarrigian jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifing chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Suriyada bir voqea bo‘ldi, u payti Rossiya bizning samolyotimizni ushlab qoldi, men bu harakatni noprofessional deya baholagan bo‘lardim. Biz Rossiya tomoni bilan bog‘landik va xavotirimizni bildirdik, ular to‘g‘ri qabul qilib, ushbu konkret voqea uchun kechirim so‘radi”, — ta’kidladi harbiy amaldor.
U voqeada Su-22 yoki Su-30 qiruvchisi ishtirok etganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Voqea qachon bo‘lib o‘tganini Xarrigian aniqlashtirmadi.
Izoh (0)