AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Rakka shahridan nariroqdagi Baruda aholi yashash joyiga zarbalar berishi oqibatida 16 nafar tinch fuqaro, shu jumladan, besh nafar bola va bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rakka atrofida oxirgi bir hafta mobaynida koalitsiya zarbalari oqibatida jami 37 tinch fuqaro halok bo‘ldi.
Koalitsiya samolyotlari viloyat markaziga bosib borayotgan “Suriya demokratik kuchlari” guruhiga havodan ko‘mak bermoqda. “Frot g‘azabi” operatsiyasi IShIDning Suriyadagi bosh qarorgohi bo‘lmish Rakkani ozod qilishga qaratilgan bo‘lib, ikki hafta muqaddam qaytadan boshlandi. Unda 30 ming jangchi ishtirok etmoqda. Unda, havo kuchlaridan tashqari, AQSh dengiz piyodalari va maxsus mo‘ljal kuchlari ishtirok etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)