Qatar hukumati QNA Qatar yangiliklar agentligi saytining buzib ochilganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Frans-Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Qatar yangiliklar agentligining sayti noma’lum tashkilot tomonidan buzib ochilgan”, — deyiladi hukumat matbuot xizmati bayonotida.
Agentlikning ta’kidlashicha, saytda Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al Taniga nisbat berilgan bayonot chop etilgan. “Oliy Hazratlari nomidan yolg‘on bayonot chop etilgan”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.
Amirga mansubligi ta’kidlangan bayonotda hududning boshqa mamlakatlari, jumladan, Eron va Isroilga nisbatan nozik siyosiy masalalar, shuningdek, Qatar hukumati va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi munosabatlar haqida so‘z yuritilgan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlanishi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)