20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida bugun — 24-may kuni yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Xose Mariya Mendes boshchilik qilayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasining final yo‘lidagi raqibi Iroq bo‘ladi.
Iroqlik futzalchilar guruh bosqichidagi 5 ta o‘yinda 15 ochko ishlay olgan. Qo‘shimchasiga, turnir mezboni Tailand ustidan 7:3 hisobida zafar quchgan. Chorak finalda O‘zbekiston termasi mo‘g‘ulistonlik futzalchilardan 7 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Iroq chempionlik uchun da’vogar Yaponiya ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Yarim finalning ikkinchi o‘yinida Eron va Tailand futzalchilari o‘zaro saf tortadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:00 da start oladi. O‘zbekiston va Iroq futzalchilari esa 17:00 da zalga chiqib keladi.
Finalga yo‘llanma olgan ikki terma jamoasi 2018-yil bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiadaga yo‘llanma oladi.
Izoh (0)