AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastinga safarini yakunlab, Italiyaga uchib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, AQSh rahbari o‘z safari davomida yana bir bora Isroil va Falastinni tinchlikka olib kelishga va’da berdi, ammo bu boradagi aniq-tayin rejalarini oshkor etmadi.
Bir sutka davomida ikki tomonning yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazgach, diniy obyektlarni ziyorat qilgach va bir necha chiqishlar qilgach, Tramp rafiqasi, qizi va kuyovi bilan Tel-Aviv aeroportiga yo‘l oldi va u yerdan Italiyaga uchib ketdi.
Trap oldida ularni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rafiqasi bilan hamda prezident Reuven Rivlin kuzatdi.
Izoh (0)