Toshkent shahrida 23-may kuni Gruziya madaniyati kunlari boshlandi. Tadbir doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida gruzin kinosi kunlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori O. Musayev va boshqalar tadbirda ishtirok etdi.
“O‘zbekkino” hamkorligida tashkil etilgan tadbir davomida “Makkajo‘xori oroli”, “Moira”, “Kukaracha”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Tikuv mashinali qiz” kabi qator filmlar namoyish etiladi.
Gruziya madaniyati kunlari doirasida XIX–XX asrlarda yashab ijod qilgan mashhur gruzin rassomi Niko Pirosmani asarlari reproduksiyasi namoyish etiladi, “Ko‘cha sozandalari” guruhi va “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli konsertlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)