O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (pdf) bilan Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qo‘llanilishining oldini olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yil 12-iyunda imzolangan Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017-yil 23-martda Ostona shahrida imzolangan Bayonnoma tasdiqlandi.
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llash yuklatilgan.
Izoh (0)