Sinay yarim orolidan uchirilgan raketa Isroil hududidagi cho‘lga tushdi. Hujumda hech kim zarar ko‘rmadi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.
Nashrning ta’kidlashicha, qo‘lda yasalgan bunday snaryadlarning aksariyati Isroilga odatda yetib kelmaydi va Misr hududidayoq pastlaydi.
Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Ammo bunday snaryadlarni odatda IShID qo‘llashi ma’lum.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)