O‘tgan haftada Nigeriya sohillarida qaroqchilar hujumi oqibatida Rossiya fuqarosi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Joriy yilning 15-may kuni Gvineya ko‘rfazida, Nigeriya sohillarida qaroqchilar hujumi amalga oshirildi, buning oqibatida bir necha dengizchi, shu jumladan, RF fuqarosi olib qochildi”, — ma’lum qildi Rossiyaning Nigeriyadagi elchixonasi press-attashesi Ivan Lidkin.
Press-attashe ayni paytda xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqa axborot taqdim eta olmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Gvineya ko‘rfazida afrikalik qaroqchilar ba’zan chet el kemalariga hujum uyushtirib turadi.
Izoh (0)