Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “Pukkikson-2” raketasining yakshanba kungi parvozini “100 balldan 100 ga baholadi” va mamlakat qurolli kuchlarini imkon boricha tezroq ular bilan ta’minlashni buyurdi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Pukkikson-2” raketa sinovida mamlakat yetakchisi Kim Chen In ham ishtirok etdi va o‘tkazilgan parvozni “100 balldan 100 ga baholadi”.
“Imkon boricha tezroq keng ko‘lamda ishlab chiqarishga o‘tish va ular bilan armiyani jihozlash zarur”, — dedi Kim Chen In.
22-may, dushanba kuni KXDR “Pukkikson-2” raketasining muvaffaqiyatli uchirilganligi haqida ma’lum qildi. Raketa parvozi Pxenan-Namdo provinsiyasining Pukchxan tumanidan 16:59 da amalga oshirildi.
Izoh (0)