Faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qilgan Fazliddin G‘oibnazarov ertaga — 21-may kuni ikkinchi katta jangida ringga chiqadi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, bunda unga amerikalik Agustin Mauras raqib bo‘ladi. Jang Nyu-Yorkda joylashgan mashhur “Medison Skver Garden” arenasida o‘tadi.
Agustin Mauras 1990-yilda tug‘ilgan. U professional ringda hozirga qadar 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 6 tasida raqiblarini mag‘lub etgan va ikkitasida imkoniyatni boy bergan. Yana 3 ta jangda g‘olibni aniqlab bo‘lmagan.
Bugun bokschilarda vazn o‘lchash marosimi o‘tkaziladi.
Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangini amerikalik Viktor Vaskesga qarshi o‘tkazib, raqibini ikkinchi raunddayoq nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)