Ertaga — 20-may kuni WSB doirasida chorak finalning javob janglari bo‘lib o‘tadi. Bunda Uzbek Tigers jamoasi Kubada Cuba Domadores’ga qarshi kurash olib boradi.
Tomonlarning Samarqand shahrida o‘tgan birinchi to‘qnashuvida o‘zbekistonlik bokschilar 3:2 hisobida zafar quchgandi. Bordi-yu, Kubada mezbonlar shu hisobda ustun kelsa, unda g‘olib “penaltilar seriyasi”da aniqlanadi. Bunda har ikki tomonning super-og‘ir vazndagi bokschilari ringga chiqadi.
“Olamsport” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi safida Mirzobek Hasanov ham Kubaga yo‘l olgan. U hisob kubaliklar foydasiga 3:2 bo‘lganidagina jamoasini navbatdagi bosqichga olib chiqish uchun ringga chiqib keladi.
Cuba Domadores — Uzbek Tigers
-52 kg: Veytia Uosbanu — Jasur Latipov-60 kg: Astrada Alvares — Elnur Abduraimov-69 kg: Roniyel Iglesias — Shaxram G‘iyosov-81 kg: Julio La Kruz — Bektemir Meliqo‘ziyev+91 kg: Gomes Larduyet — Bahodir JalolovSuper-og‘ir vaznYandri Toirak — Mirzobek Hasanov
Izoh (0)