Joriy yil oxiriga qadar General Motors Chevrolet brendini ikki bozor — Hindiston va Janubiy Afrika respublikasidan olib chiqadi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda

Foto: Motor

Foto: “Motor”

Bu maqsadlar uchun konsern tomonidan 500 million dollar sarflanadi, tejaladigan mablag‘ esa yiliga 100 million dollarni tashkil etadi. 

Hindistondagi zavod avtomobillarni faqat eksportga yig‘ishga yo‘naltiriladi, Port-Elizabet shahridagi (JAR) korxona esa Isuzu kompaniyasiga sotiladi.

Financial Times nashriga ko‘ra, Chevrolet ikki mamlakatni sotuv hajmi pastligi tufayli tark etmoqda. Jumladan, Hindistonda brend bozorning 0,9 foizini egallagan. 21-mart kuni yakunlangan o‘tgan moliyaviy yilda sotuv 25,8 ming dona mashinani tashkil etdi. 

Taqqoslash uchun: Suzuki Hindiston bozorining 47, Hyundai esa 16,7 foizini egallagan.