Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Selta”ga qarshi (4:1) o‘yinda dubl qayd etib, yana bir rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
Sky Sports nashrining yozishicha, portugaliyalik 32 yoshli futbolchi Yevropa Top-5 chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Ronaldu “Selta”ga qarshi o‘yinda Yevropa milliy chempionatlaridagi 367 va 368-gollarini urib, angliyalik Jimmi Grivsga tegishli (366 gol) bo‘lgan rekordni yangiladi.
Qayd etish joiz, Ronaldu 46 yil davomida saqlanib turgan rekordni Jimmi Grivsdan 68 o‘yin kam o‘tkazgan holda yangilashga erishdi.