Oilada yagona farzand bo‘lgan odamlarning miyasi singlisi yoki akasi borlarnikiday rivojlanmaydi. Neyrobiologlarning tadqiqotlari natijalari Brain Imagining and Behaviour jurnalida chop etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Yagona farzandlar va aka-singillari bo‘lganlarning miyalarini skanlash natijalarini taqqoslab chiqqan olimlar ularda kulrang modda hajmida farq mavjudligini aniqladi. Bu kelajakda qanday aks etishini aniqlash uchun ular 303 talabani tadqiqotga jalb etdi. Talabalarning yarmi oilada yagona farzand bo‘lsa, yarmining akalari va ukalari bor edi. Ularning bari intellekt testini topshirdi. Shuningdek, tajriba ishtirokchilarining miyalari MRT qilindi. Ikki guruhning intellektida farq sezilmagan bo‘lsa ham, yagona farzandlarning fikrlashi moslashuvchan bo‘lib chiqdi.
MRTning aniqlashicha, yagona farzand bo‘lgan odamlarda chet burma hajmi kengaygan. Miyaning bu ulushi axborot qabul qilish va til ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq. Miyaning boshqa sohalari hajmi esa, aksincha, kichraygan.
Olimlar hozircha bu holatning sabablarini aniq ayta olmaydi. Taxminga ko‘ra, oilada farzand bo‘lsa, unga ko‘proq e’tibor beriladi, bu esa uning ijodiy qobiliyatida aks etadi.
Izoh (0)