Tokioda boshlangan Sayyoraviy himoya bo‘yicha konferensiya chog‘ida astronomlar Yerni asteroidlardan va boshqa obyektlardan himoya qilish masalasini muhokama etadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Muhokama obyektlari orasida NEOSHIELD loyihasi tarkibiga kiruvchi NEOTWIST ham bor.
Hozirda, olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, Yerga 1600 ta Yer atrofi obyektlari tahdid solmoqda. Ular bilan to‘qnashuv millionlab odamlarning halokatiga olib kelishi mumkin. Oxirgi yillarda tahdidni bartaraf qilish yo‘lidagi turfa takliflar ilgari surilgan edi. Ular orasida asteroidlarni raketalar yordamida yo‘q qilishdan tortib gravitatsion tirkamalar yordamida ularni Yer orbitasidan uzoqlashtirishgacha bo‘lgan takliflar bor edi.
NEOTWIST loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad kinetik ta’sir vositasida asteroid trayektoriyasini qay tarzda o‘zgartirish mumkinligini oldindan aniqlash algoritmini ishlab chiqishdir. Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, u obyektga ta’sir ko‘rsatish va uni kosmik apparatda nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)