Armanistonda “Nuh kemasi” nomli tarixiy-madaniy va ilmiy-ma’rifiy majmuasini yaratish rejalashtirilmoqda. Mazkur majmua Nuh kemasining Bibliyadagi tavsifi bilan aynan bir xil, faqat temir-betondan barpo etiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Bibliyada aks etgan rivoyatga ko‘ra, to‘fondan so‘ng Nuh kemasi Ararat tog‘ida qolib ketgan. Ararat tog‘i Armaniston hududida bo‘lmasa ham, ushbu mamlakat mazkur tog‘ni o‘z tarixi bilan bog‘laydi.
“Kema Ararat tog‘i qarshisidagi tepalikdan birida barpo etiladi. Bu daraxt bilan qoplangan temir-betonli konstruksiya bo‘ladi. Uning shakli va o‘lchamlari Bibliyadagi tavsifga mos keladi: uzunligi 300 tirsak (132 metr), kengligi 50 tirsak (22 metr), balandligi 30 tirsak (13,2 metr)”, — deyiladi xabarnomada.
Tashkilotchilar majmuada 200 pavilon joylashtirishni rejalashtirmoqda. Ularda turli xalqlarning milliy madaniyati namoyish etiladi.
Izoh (0)