Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Gavr shahri meri, 46 yoshli Eduar Filippni yangi bosh vazir etib tayinladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yaqin vaqt ichida Filipp yangi vazirlar mahkamasini shakllantirishi lozim bo‘ladi.
Express nashriga ko‘ra, Makron o‘ng siyosatchini hukumat rahbari etib tayinlar ekan, bu bilan iyulda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida markazchilarga yetakchilikni ta’minlab berishga urinmoqda.
Emmanyuel Makron 14-may kuni prezidentlik lavozimiga kirishdi. U mazkur lavozimda Fransua Ollandning o‘rnini egalladi.
Izoh (0)