Koreya Respublikasi prezidentining ma’muriyati Cholla-Namdo provinsiyasi sobiq gubernatori Li Nak Yonni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqlashni ko‘rib chiqish uchun Milliy majlisga (parlament) ariza berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qiladi, deb yozadi “TASS”.
“Parlamentariylarga ariza bilan birga nomzodning mol-mulki, ularga to‘langan soliq, sudlanganlik va boshqa ma’lumotlar haqidagi hujjatlar yuborilgan”, — deyiladi xabarda.
Qonunchilikka kora, Milliy majlis 20 kun ichida ushbu masalani ko‘rib chiqib, shundan so‘ng Li Nak Yon nomzodi bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazishi lozim.
Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje In 10-may kuni bosh vazir lavozimiga Cholla-Namdo provinsiyasining sobiq gubernatori Li Nak Yon nomzodini ilgari surgan edi. U bunga qadar 21 yil davomida jurnalist, 14 yil davomida deputat, so‘ngra uch yil davomida provinsiya gubernatori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh (0)