WSB chorak finalidan joy olgan Uzbek Tigers va Cuba Domadores to‘qnashuvining to‘rtinchi jangidan keyin o‘zbekistonlik sportchilarning g‘alabasi aniq bo‘ldi.
Boks kechasi Hasanboy Do‘stmatov va Murod Ahmadaliyevning g‘alabasi bilan boshlangan bo‘lsa, uchinchi jangda Iqbol Xoldorov -64 kilogramm vazn toifasida jang qiluvchi Endi Kruz Gomesga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa hal qiluvchi jang to‘rtinchisi bo‘lishi mumkin edi. Unda ringa chiqqan Isroil Madrimov Rio—2016 Olimpiadasi chempionini taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. -75 kilogramm vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyevni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan kubalik sportchi, Samarqandda boshqa bir o‘zbekistonlikdan mag‘lubiyat qabul qilib oldi.
Shu tariqa Uzbek Tigers jamoasining g‘alabasi aniq bo‘ldi. Uning qanday hisobda ekani Sanjar Tursunovning beshinchi jangidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)