O‘z vaqtida OFK tasarrufidan chiqib ketgan Qozog‘iston futbol federatsiyasi UEFAdan 1 million yevro oladi. Bu haqda Qozog‘istonning “Vesti” nashri xabar berdi.
UEFA o‘ziga a’zo mamlakat futbol federatsiyalarining har biriga 1 million yevrodan pul o‘tkazib berishga qaror qilgan. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti axborot bergan. Yangi saylangan prezident Aleksander Cheferin bayonotiga ko‘ra, bunday holat kelajakda ham amalda bo‘ladi.
Yevro—2016 musobaqsi UEFA uchun katta daromad keltirdi. Har bir futbol assotsiatsiyasining 1 million yevrodan qabul qilib olishi, mana shu turnirdan kelib tushgan foyda evaziga rag‘batlantirish sifatida e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun, UEFAga 55 mamlakat futbol federatsiyalari a’zo hisoblanadi. Har to‘rt yilda bir marta o‘tadigan qit’aning eng yirik musobaqasiga bo‘lgan e’tibor kamida Fransiya—2016 dagi kabi bo‘lsa, UEFA har to‘rt yilda 55 million yevroni o‘z a’zolariga shunchaki berib yuboraveradi.
Izoh (0)